“Bankir kundaligi” kanalidagi “Takroriy tahlil” nomli maqolaga munosabat

03.04.2020 483

Avvalombor, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Bankir kundaligi” kanaliga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ushbu kanal orqali barcha bank mijozlariga, bank xizmatlari iste'molchilariga zaruriy axborotlar, xabarlar tezkorlik bilan yetkazilib kelinmoqda, biz bu yo‘nalishda birga, hamkorlikda ish olib boramiz. 

Bugungi kunda koronovirus pandemiyasi sababli karantin holatida bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar hamda boshqa bank xizmatlari iste'molchilaridan juda ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda.

Mijozlardan bo‘layotgan ushbu murojaatlarga tezkorlik bilan javob berilishini tashkil qilish maqsadida, bank iste'molchilari murojaatlarini elektron ko‘rinishda support@nbu.uz xizmati va Aloqa markazining (78) 148 00 10 telefon raqamiga qo‘shimcha ravishda yana 6 ta telefon raqamlari orqali ham qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi. 

Bu haqda bankning veb-saytida (www.nbu.uz) joriy yil 1 aprelda tegishli xabar berildi.

"O‘zmilliybank" AJ aloqa markazining qo‘shimcha telefon raqamlari: 

• (+998) 933-807-888;
• (+998) 933-827-888;
• (+998) 933-837-888;
• (+998) 933-897-888;
• (+998) 933-835-505;
• (+998) 933-875-505.

Mijozlarimizning bank faoliyati bilan bog‘liq barcha murojaatlari yuqorida keltirilgan elektron manzil va telefon raqamlar orqali qabul qilinishini hamda tegishli javoblar berilishini ma'lum qilamiz.

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

«O’zmilliybank» AJ tanlov e'lon qiladi

04.06.2020

Hurmatli mijozlar!

27.05.2020

Hurmatli Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari

26.05.2020

Aziziz yurtdoshlar! "O‘zmilliybank"AJ jamoasi Sizlarni Ramazon hayiti bilan samimiy...

24.05.2020

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.06.2020 11:44:27

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2020 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00dan 18:00gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi