Kuch ishonchda

Background
Qo'shimcha to'lovlarsiz qismlarga bo'lib sotib oling
Ustama narxlarsiz, 0 so’m boshlang’ich to’lov, 12 oygacha. O’zbekiston bo’ylab minglab do’konlar.
Batafsil
Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

«Aleksey Schusev. 150. Usto me’mor»ko‘rgazmasi

23.11.2023 72

A.V. Schusev nomidagi Davlat ilmiy-tadqiqot arxitektura muzeyi, Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi ko‘magidagi “Tavolga” fan va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi va “Elisavetinsk-Sergey ma’rifat jamiyati” Mehribonlik va xayriya an’analarini tiklashga ko‘maklashuv jamg‘ramasi bilan hamkorlikda buyuk me’mor Aleksey Viktorovich Schusevning (1873-1949) 150 yillik yubileyi munosabati bilan uning ijodiga bag‘ishlangan “Aleksey Schusev. 150. Usto me’mor” ko‘rgazmasini namoyish etadi.


Aleksey Schusev –o‘zini XIX asrning oxiri XX asrning birinchi yarmida me’morchilik uslublari va yo‘nalishlarida yo‘rqin namoyon etgan, ajoyib iste’dodga ega me’mor. Ikkita mavzudagi bo‘limdan tashkil topgan “Aleksey Schusev. 150. Usto me’mor” ko‘rgazmasi tomoshabinlarga ijodkorning yarim asrdan ortiq karyerasi davomida yaratilgan 50 ga yaqin me’morchilik loyihalarini taqdim etadi. Ekzpozitsiya 350 ta buyumdan iborat: loyihaviy grafik listlar rassomning ilk va badiiy ishlari, arxiv fotosuratlari, hujjatlar, kinoxronikalar bilan to‘ldirilgan. Ko‘rgazma me’morga o‘zining butun ijodi davomida talab kuchli bo‘lgan buyuk rassom sifatida nazar tashlash imkonini beradi.

Me’morchilik muzeyi uchun “Aleksey Schusev. 150. Usto me’mor”ko‘rgazmasi – so‘nggi o‘n yillikdagi eng qamrovli xorijiy loyihadir. U O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasidagi ikkita ko‘rgazmalar zalini egallab, birinchi qism rassomning butun ijodiy yo‘lini ko‘rsatsa, ikkinchi qism me’morning ittifoq respublikalari, jumladan, O‘zbekistondagi ishlariga bag‘ishlanadi.


Birinchi zaldagi ekspozitsiya me’morning shakllanishi tarixi haqida hikoya qiladi. Bu yerda ilk mustaqil ijod namunalari va imperator oilasining muhim buyurtmalari, ibodatxona qurilishi ustidagi ishlar namoyish etilgan. Aynan ibodatxona qurilishi Schusevning inqilobgacha bo‘lgan ijod davrining asosiy mavzusiga aylangan va bu tajriba uni kelgusidagi ulkan va tashkiliy murakkab buyurtmalarga tayyorlagan. Ulardan biri Schusev uchun juda sevimli va eng qiyin loyiha bo‘lib, uning ustida ishlashga 38 yil ketgan Moskvadagi Qozon vokzalidir. Butunrossiya qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik-sanoat ko‘rgazmasi va sho‘rolar poytaxti bo‘lgan “Yangi Moskva”ni qayta ta’mirlash rejasi ijodkorning inqilobning birinchi yillaridagi ishlariga misol bo‘ldi. V.I. Lenin Mavzoleyi qurilishi – nafaqat Schusev ijodiy merosidagi asosiy va butun dunyoga mash’hur inshoot sifatida, balki rus me’morchiligining XX asrdagi tarixida ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi. “Konstruktivizm” va “Klassikaga qaytish” bo‘limlarida sovet davrining buyuk qurilishlari misolida me’morning tez o‘zgaruvchan badiiy oqimlarga nisbatan o‘ziga xos moslashish qobiliyati ochib beriladi.

Ko‘rgazmada Aleksey Schusevning vayron bo‘lgan shaharlarni uning rahbarligida qayta tiklash bo‘yicha olib borilgan ishlari, qadimgi rus me’morchiligining shikastlangan yodgorliklarini qayta ta’mirlash boshlangan Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Ko‘rgazmada shuningdek, Schusev 1940-yillarda rahbarlik qilgan butun mamlakat bo‘ylab ilmiy muassasalar binolari – “Akademloyiha” ustaxonasi merosining loyihasi ham namoyish etiladi. Ekspozitsiyaning birinchi qismi oxirida tashrif buyuruvchilar ustaning so‘nggi va asosiy merosi – 1945-yilda unung tashabbusi bilan yaratilgan Moskvadagi rus me’morchiligi muzeyi to‘g‘risida bilib olish mumkin.


Ekspozitsiyaningi kkinchi qismi Aleksey Schusevning sovet respublikalaridagi ishlariga bag‘ishlangan. Mazkur mavzu me’morning ijodida doimo o‘ziga xos o‘rin tutib, u milliy an’analarni juda qadrlagan va har doim o‘z asarlarida milliy ruhni saqlab qolish va aks ettirishga harakat qilgan. Respublikalarda ishlar ekan, Schusev mahalliy xalq rassomlarini taklif qilar, badiiy-amaliy san’atning milliy texnikalaridan foydalanar edi. Me’morning keng dunyoqarashi va san’at tarixi sohasidagi teran bilimi unga har bir loyihaga alohida yondashish, yangi arxitekturani o‘zi ishlagan joylardagi tarixiy yodgorliklar bilan uyg‘unlashtirish imkonini berdi.

XIX asrning oxirlaridayoq Aleksey Viktorovich Schusev Samarqandga bo‘lgan o‘quv safari vaqtida Amir Temurning Go‘ri Amirdagi maqbarasi o‘lchovlari ustida ishlaydi va unda mahalliy me’morchilik an’analariga qiziqish uyg‘onadi. 1930-1940-yillarda Schusev O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Moldaviya SSR uchun loyihalar yaratdi. Ko‘rgazmada Moskvadagi arxitektura muzeyida saqlanayotgan amalga oshirilgan va tugallanmagan: Samarqanddagi hukumat uyi, Batumidagi “Inturist”mehmonxonasi, Tbilisidagi Marks-Engels-Lenin Instituti binosi, Toshkentdagi O‘rta Osiyo kutubxonasi, Kishinevdagi teatr, Qozog‘iston SSR Fanlar akademiyasi va Olmaotadagi hukumat qarorgohi qurilishi loyihalari namoyish etiladi. Ushbu asarlarning ko‘pchiligi uzoq vaqt Schusevning mash’hur qurilishlari soyasida qolgan bo‘liib, ular ko‘rgazmada ilk bor namoyish etiladi.

Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri binosi – me’morning eng yirik inshootlaridan biri va ikkinchi bo‘limning “Bosh qahramoni” bo‘lib, bu asari uchun u 1948-yilda Birinchi darajali Stalin mukofoti bilan taqdirlangan. Aleksey Schusev loyiha ustida 1934-yildan ishlashni boshlagan va qurilish yillarida bo‘lajak binoning qiyofasi o‘z eshiklarini 1947-yil 7-noyabrda tomoshabinlarga ochishdan oldin ko‘p marotaba o‘zgargan edi. Teatrning loyihalashtirish va qurilish tarixi fasad variantlari, interyerlarni bezash va hatto teatrning hashamatli binosi furnituralari bilan grafik listlarda ochib beriladi. Binoning badiiy bezagiga interyerlar uchun ganch va yog‘och o‘ymakorligining nozik usullari bilan ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalq ustalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ko‘rgazmada ustalar bilan ish jarayonidagi fotosuratlar va kinoxronikalar, ularning fotosuratlari bilan bezatilgan zalni ko‘rish mumkin.


Каmola Akilova, O‘zbekiston Milliy galereyasi direktori: “Hozirgi keskin, rivojlanib borayotgan dunyoda madaniyat va tarixiy-madaniy meros ijtimoiy ongga ta’sir etishi, turli xalqlar va mamlakatlarni yaqinlashtirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan“yengilkuch”sifatidanamoyonbo‘ladi. O‘zbekistonda hukumat tepasiga yangi rahbariyat kelishi bilan merosga nisbatan munosabat o‘zgarib, bu nafaqat shunchaki o‘tmish, balki kelajak resursi sifatida anglana boshlandi. Buyuk rus va sovet arxitektori Aleksey Viktorovich Schusev ushbu merosning bir qismi hisoblanadi va bu Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri binosining loyihasida o‘z aksini topadi.

Alisher Navoiynomidagi DAKT binosi avval boshdanoq Toshkent brendlaridan biriga aylandi. U o‘zining Sharq va G‘arb an’analarini mujassam etgan mahobatli monumentalligi va g‘ayrioddiyligi bilan hanuz hayratda qoldiradi. Ushbu inshoot bir vaqtning o‘zida hammualliflik va ham jamoaviy loyiha bo‘lib, unda Buyuk Usta Aleksey Schusev dahosi va uning fikri bo‘yicha me’morning konseptual g‘oyalarini yetkazishi kerak bo‘lgan ganch o‘ymakorligi va rang-tasvirning ajoyib usta-rassomlarning mehnatini aks ettiradi. Loyiha muallifining fikriga ko‘ra, teatrda bo‘lgan har bir yon foye Oʻzbekistonning u yoki bosha viloyatiga xos meʼmoriy bezak xususiyatiga ega boʻlishi lozim. Toshkent zali, Buxoro zali, Xorazm zali, Samarqand zali, Farg‘ona va Termiz zallari o‘z uslubi va xususiyatiga ega. Bu shunchaki teatr emas, balki o‘zida bir necha san’at turlarini mujassam etgan muzey teatridir”.


Ko‘rgazmada A.V. Schusev nomidagi Davlat me’morchilik muzeyi fondi, shaxsiy kolleksiyalar, 16 ta davlat muzeylari va arxiv to‘plamlari, xususiy kolleksiyalar va A.V.Schusev merosxo‘rlari arxividan 350 ga yaqin asar joy olgan. Eksponatlar ichida – Aleksey Schusevning loyihaviy arxitektura grafikasi, chizmalari va rasmlari, hujjatlar, arxiv fotosuratlari, kinoxronika – asosiy va unchalik mash’hur bo‘lmagan loyihalariga materiallar mavjud bo‘lib, ularning bir qismi ommaga ilk bor namoyish qilinmoqda.

Natalya Shashkova, A.V.Schusev nomidagi Arxitektura muzeyi direktori, ko‘rgazma kuratori: “Me’morning buyukligi jamiyatning ehtiyojlariga aniq javob beruvchi muayyan joy va vaqt holatida badiiy tamoyillarga taslim bo‘lmagan holda asarlar yaratishida namoyon bo‘ladi. Aleksey Schusev – buyuk me’mor. U zalvorli, ya’ni XX asr boshida Rossiya imperiyasining iqtisodiy ko‘tarilishi, inqilob va yangi ijtimoiy tuzumning tasdiqlanishi, ikkita jahon urushi – ushbu barcha voqealar badiiy jarayonning tubdan o‘zgarishidavrida yashadi va ijod qildi. Ijodga bo‘lgan cheksiz ishtiyoq va yuksak mahorat Schusevga asosiy me’morchilik uslubining almashishida mutlaqo boshqa saviyada asarlar yaratish va o‘nlab yillar davomida professional hamjamiyatda yetakchi bo‘lib qolish imkonini berdi. 80 dan ortiq amalga oshirilgan loyihalar – kamyob yutuqlar, biroq beqiyos iste’dodi va ish qobiliyati tufayli Schusev ko‘plab boshqa sohalarda ham o‘zini namoyon qildi. So‘nggi kunlarigacha u o‘zining shijoati va sof qarashlarini saqlab qoldi. Muzey 50 yil ichida birinchi bor me’mor haqida keng ko‘lamda so‘zlab berishga qaror qildi. Biz uchun uni yorqin, iqtidorli, ko‘p qirrali, ishiga va o‘z mamlakatiga fidoiy inson sifatida ko‘rganimizdek ko‘rsatish muhimdir”.

Маrina Bondareva, “Tavolga” fan va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi:“Aleksey Schusevning keng merosi dunyo ahamiyatiga ega va nafaqaf Rossiyada, balki xorijda ham mash’hur. Me’morning ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma keng ommaga uning me’morchilik va shaharsozlikka qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘zlab berish imkonini yaratadi, shuningdek, madaniy merosni saqlashning muhimligini ta’kidlaydi. Biz ushbu xalqaro loyihada ishtirok etishdan juda mamnunmiz”.

Каmola Akilova, O‘zbekiston Tasviriy san`at galereyasi direktori: “Aleksey Schusev. 150. Usto me’mor” ko‘rgazmasi O‘zbekistonning madaniy hayotida jiddiy hodisaga aylanishiga umid qilamiz. U mutaxassislarning nigohini nafaqat o‘tmishdan saboq olishga, balki arxitektorlar, dizaynerlar, xalq ustalari, rassomlarning ijodiy izlanishlarini istiqbolli loyihalar shaklida rivojlantirishga rag‘batlantiradi. Va kelgusidagi loyihalarda san’at sintezi ularda yana o‘z aksini topadi.

Qayd etish joizki, ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi (O‘TSG) va A.V.Schusev nomidagi Arxitektura davlat ilmiy tadqiqot muzeyining hamkorlikdagi ilk loyihasi hisoblanadi. O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichi turli mamlakatlarning muzeylari o‘rtasidagi samarali hamkorlik qilish imkonini beradi, bu esa nafaqat ijodiy jamoa bilimini, balki keng jamoatchilik dunyoqarashini ham boyitadi, shu tarzda umumiy madaniy xotirani saqlab qoladi”.


Agniya Sterligova va Planet9 arxitektura xizmati jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan ko‘rgazma arxitekturasi loyiha kuratorlarining: Aleksey Schusevning aqlbovar qilmas hajmdagi va ko‘p qirrali ijodini makonni katta stollar va devorlardagi ko‘p sonli loyihalarning arxitektura ustaxonalarida tuzganholda uning turfa xilligi hamda ko‘lami bilan taqdim etish kabi asosiy fikrlarini mujassam etadi.

Аnna Gromova, “Elisavetinsk-Sergey ma’rifat jamiyati” Mehribonlik va xayriya an’analarini tiklashga ko‘maklashuv jamg‘ramasi Kuzatuv kengashi raisi: “Aleksey Viktorovich Schusevning ibodatxona yaratish faoliyatidagi ilk tajribasi uni buyuk rassom, noyob me’morchilik shakllari, amaliy san’at durdonalari, Vizantiya san’ati taraqqiyoti davridagi o‘ziga xos dekorativ motivlar va qadimgi rus hunarmandchiligining yuksak yutuqlari ijodkori sifatida qayd etadi.

Imperator Nikolay II oilasining, ayniqsa, buyuk knyaginya Elisaveta Feodorovnaning muqaddas buyurtmalari Schusevni imperik g‘oyaviy vazifalarni: Italiyaning Bari shahridagi avliyo Nikolay qudratida rus ruhining mavjudligini ta’kidlashdan Birinchi jahon urushi qahramonlari xotirasini Butunrossiya miqyosida e’zozlash va buyuk knyaginya Elisaveta Feodorovna tomonidan Moskvada yaratilgan Marfa-Mariinsk mehr-shafqat ibodatxonasining ishlari toshga muhrlangan.

Biz Schusevni o‘zining cheksiz ijodiy shijoati, nekbinligi, noyob mehnatsevarligi va Vatanining Abadiyati va Shon-shuhrati uchun siyosiy rejimlar almashishidan chovchimagan holda durdona asarlar yaratishdagi noyob iste’dodini mujassamlashtirgan dunyo miqyosidagi rassom deb atashga haqlimiz”.

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Hurmatli “O‘zmilliybank” AJ mijozlari

«OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI TАSHQI IQTISODIY FАOLIYAT MILLIY BАNKI» АKSIYADORLIK JАMIYATI...

“O‘zmilliybank”AJ: sеrvis tarmog‘ida tashabbusli loyihalarni qo‘llab-quvvatlaymiz

“O‘zmilliybank” AJ: hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 22.06.2024 22:21:35

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati

Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati

Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli

Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish