Специальные возможности
18.04.2013

Toshkentda qishloqda zamonaviy uy-joy qurilishi masalalari muhokamasiga bag'ishlangan xalqaro anjumanning ochilish marosimi bo'lib o'tdi

    Joriy  yilning 17 aprelida Toshkent shahridagi Simpoziumlar Saroyida “Zamonaviy uy-joy qurilishi – qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o'zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
   Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nuqt so'zladi.
   Davlat rahbari anjumanning barcha qatnashchilarini qutladi va ularga anjumanda qatnashganliklari va O'zbekiston bilan hamkorligi uchun tashakkur izhor etdi. U o'z nutqida jahonning moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida yetakchi mamlakatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar undan chiqish yuzasidan yagona fikrga kela olmayotganliklarini ta'kidladi. Bundan buyon kredit mablag'larning yetarliligi inqirozga yuz tutgan mamlakat iqtisodiyotini sog'lomlashtirishni ta'minlashda asosiy omil bo'lib xizmat qilmaydi. Bunday holatning asosiy sababi kredit mablag'lari har doim ham o'zining yakuniy iste'molchisigacha, ya'ni real sektorgacha yetib bormasligidadir.
   AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Skandinaviyaning qator mamlakatlarilarning    tarixiy tajribasini hisobga olgan holda zamonaviy qishloq xo'jaligi qurilishi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va xalq farovonligini oshirishning eng muhim omili ekanligini ta'kidlash joiz. Chunki u nafaqat qishloq aholisini uy-joy bilan ta'minlab qolmay, balki qishloq infratuzilmasini tubdan o'zgartiradi. Shu bilan bir qatorda, aholining ish bilan bandlikni oshiradi, qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantiradi va, umuman kishilarning turmush darajasini yaxshilaydi.
   Qishloq joylarda uy-joy qurilishining eng asosiy jihati sifatida eng avvalo O'zbekistonda uning qonuniy-huquqiy bazasi tubdan qayta ko'rib chiqilganligi ta'kidlandi. Xususan, “Ipoteka to'g'risida”gi Qonun va qator boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular uy-joy qurilishi uchun mo'ljallangan yer uchastkasidan muddatsiz foydalanishni ko'zda tutadi. Imorat qurish ijtimoiy infratuzilma, xususan yo'l qurilishi, suv inshootlari, gaz ta'minoti, elektr ta'minoti qurilishi bilan bir vaqtda olib boriladi. Bundan tashqari, namunaviy loyihalar bo'yicha maktablar, zamonaviy axborot va elektron xizmatlar ko'rsatuvchi ob'ektlar va boshqa zamonaviy qishloq uchun zarur bo'lgan infratuzilma ob'ektlari quriladi.
   Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2012 yilda O'zbekistonda umumiy maydoni 3,2 mln. kv. metrdan iborat 650 massivda qishloq massivida uy-joylari qurildi. Uy-joy qurilishiga 1,2 mlrd. AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratilgan.
   2013 yilda 350 qishloq massivida umumiy maydoni 1,4 mln. kv. metrdan iborat 1000 dan ortiq uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilgisidan 18%. ortiq. Umuman, joriy yilda mazkur loyihalarga yo'naltirilgan sarmoyalar hajmi qariyb 1,0 mlrd $ ni tashkil etdi. Nutq davomida, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki tomonidan    O'zbekistonga transh asosida 500 mln. AQSH dollarida kredit ajratish bo'yicha dastur ma'qullaganini ta'kidlandi. Mazkur dasturning birinchi bosqichida 2012 yilda 160 mln. AQSH dollari ajratilgan, joriy yilda 200 mln. AQSH dollari miqdorida kredit berilishi kutilmoqda.
   Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'z nutqida mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning yuqori o'sish sur'atlarini ko'rsatib o'tdi. Xususan, oxirgi 6 yil ichida O'zbekiston YAIMining o'sishi kamida 8% ni tashkil qildi, davlat byudjeti ijobiy qoldiqqa ega bo'ldi, davlat qarzi past darajada bo'lib, YAIMga nisbatan qariyb 12% ni tashkil qiladi, banklar  kapitalining yetarlilik darajasi -  24%, banklar likvidliligi xalqaro minimal darajadan 2 baravar yuqori.
   Ochilish marosimida Islom taraqqiyoti banki Prezidenti  Ahmad Muhammad Ali va Osiyo taraqqiyot banki Vitse-prezidenti Ksiao Jaolar so'zga chiqdilar. Xalqaro moliyaviy institut rahbarlari mamlakatimiz rahbariyatiga hamkorlik uchun tashakkur izhor qildilar va O'zbekiston qishloqlarini rivojlantirish loyihalari bo'yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
   Ochilish marosimidan so'ng anjumanda qator xalqaro tashkilotlar vakillari so'zga chiqdilar.

UzReport 17.04.2013


Курсы валют

  • USDUZS
  • 7850,00
  • EURUZS
  • 8970,00
  • RUBUZS
  • 116,00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам