Специальные возможности
27.02.2014

'Moody's':O'zbekiston bank tizimining rivojlanishi 'barqaror' darajada

UzReport 27.02.2014

     O’zbekiston respublikasi Markaziy bankining rasmiy sayti xabariga ko’ra, Respublika Markaziy banki va «Moody’s» xalqaro reyting agentligi hamkorlikda tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting baholarini olish, banklar faoliyatini baholash va tahlil etishning xalqaro standartlarini joriy etish masalalariga bag'ishlangan navbatdagi yillik konferensiya o'tkazildi.
     Unda Banklarning moliyaviy hisobotlarini «Moody’s» reyting metodologiyasi asosida tahlil etish hamda tijorat banklari faoliyatiga xalqaro norma va standartlarga asoslangan zamonaviy baholash tizimini joriy etish imkoniyatlari bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqildi.
     Agentlik ekspertlari qayd etishicha, bugungi kunda «Moody’s» MDHning 6 ta davlati, ya'ni O'zbekiston, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon va Qozog'iston bilan hamkorlik qilmoqda. Ulardan faqat ikki davlat, shu jumladan O'zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqboli «barqaror» darajada baholanmoqda.
     Ekspertlar ta'kidicha, O'zbekistonning asosiy eksport tovarlari bo'yicha dunyo bozorlaridagi narx barqarorligi, davlat va xususiy sektorning sezilarli darajadagi kapital qo'yilmalari, aktivlar sifati va kapitalning o'sish tendensiyasi, tizimda likvidlik holatining yaxshiligi, kapitalning ichki resurslar hisobiga oshib borishi, iqtisodiyotning o'sishi hisobiga banklar daromadining oshib borishi, hukumatning banklarni faol qo'llab-quvvatlashi bank tizimining rivojlanish istiqboli barqarorligi omili bo'lib qolmoqda.
     Ta'kidlash lozimki, 2013 yil avgustida «Moody’s» xalqaro reyting agentligi “O'zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollari” to'g'risida hisobotini e'lon qildi va ketma-ket to'rtinchi yil ham O'zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollarini “barqaror” deb baholadi.
     «Moody’s» agentligi fikriga ko'ra, ushbu ijobiy bahoning asosiy omili banklarga qulay operatsiya muhitini yaratib berayotgan respublika iqtisodiyotining barqaror o'sish sur'atlaridir.
     Bugungi kunda barcha tijorat banklari katta uchlik - «Moody’s», «Standard&Poor’s» va «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentliklarining barqaror reyting ko'rsatkichlariga ega.
     Mazkur konferensiyada ishlab chiqilgan tavsiyalar respublika bank tizimining barqarorligini oshirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, yetakchi reyting agentliklarning standartlari va baholash ko'rsatkichlari asosida tijorat banklari faoliyatini baholash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
 


Курсы валют

  • USDUZS
  • 7850,00
  • EURUZS
  • 8970,00
  • RUBUZS
  • 116,00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам