Ўзмиллийбанк «Брейн ринг – 2018» турнири
'NBU Breyn Ring - 2018' turnir tafsilotlari. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 iyn’ 2018 yildagi “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi to’g’risidagi 5466-sonli farmon bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Òzmilliybank tizimida faoliyat yuritayatgan yoshlar orasida Breyn Ring intellektual o’yinlari tashkil etildi. Bir oy davom etgan turnirda 80 dan ortiq yoshlar ishitirok etdi. Turnirning final òyinlari joriy yilning 18-avgust sanasida bo’lib o’tdi. Final tafsilotlari bilan bir boshidan òrtoqlashsak. Avvaliga 1-turda Uchtepa filiali va Bosh ofis jamoalari ģalaba qozonib boshqa jamoalarga nisbatan ilgarilab ketishdi. 2-turda jamoalarni òzaro òyinida esa durang (2:2) qayt etilgach, chempion nomi sònggi turda ma'lum bòlishi oydinlashdi. Bektemir filiali va Miribod bòlimi jamoalari 2-turdagi tòqnashuvida ustunlik Mirobod bòlim yoshlari tomonida bòldi va jamoa chempionlik kurashiga qòshildi. Sònggi turdagi Mirobod bòlimi va Uchtepa filali orasidagi juda qizģin kechgan bahsda omad Uchtepa filial yoshlari tomonda (3:2) bòldi. Final turnirining ohirgi òyinida Bosh ofis jamoasiga faqat ģalaba zarur edi. Bektemir filial jamoasi chempionlikdan umidini uzgan bo’lishiga qaramasdan Bosh ofis jamoasi ustidan ģalaba ģozonishga muvaffaq bòldi. Òzmilliybank tizimidagi Bosh ofis, Toshkent shahar bòlim/filial va Tasviriy san'at galereyasi yoshlari òrtasida òtkazilgan Breyn Ring turnir chempionligi Uchtepa filial jamoasiga nasib qildi. Yakuniy natijalar: 1-òrin. Uchtepa filial jamoasi - 7 ball; 2-òrin. Bosh ofis jamoasi - 4 ball; 3-òrin. Mirobod bo’lim jamoasi – 3 ball; 4-òrin. Bektemir filial jamoasi – 3 ball. Òzmilliybank tizimida faoliyat olib borayotgan yoshlarning kasbiy va intellektual salohiyatini namoyon qilish, ularni yurtimizda olib borilayotgan islohatlarga daxldorligini oshirish, javobgarlikni o’z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan yoshlarni kashf etish va tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan turnir o’z nihoyasiga etdi.