Yuridik shaxslar uchun depozit foiz stavkalarining o'zgarishi
Depozit bozorida foiz stavkalarining pasayishi va likvidlikni qoplash koeffitsiyentining yuqori darajasi inobatga olingan holda, shuningdek Bankning moliyaviy shaffofligini oshirish, bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda depozit mahsulotlari samaradorligini baholash, ularning rentabelligini ta’minlash, umumiy moliyaviy samaradorlikni oshirish, likvidlikni mustahkamlash hamda barqaror resurs bazasini shakllantirish maqsadida, “O‘zmilliybank” AJ 2026-yil 24-apreldan boshlab yuridik shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari bo‘yicha yangi foiz stavkalari joriy etilishini ma’lum qiladi.
Yuridik shaxslarning mablag‘larini milliy valyutadagi omonatlarga (muddatli depozitlarga) jalb etish quyidagi shartlarda amalga oshiriladi:
muddati 1 yil va undan ortiq;
foiz stavkasi — yillik 15% gacha;
foizlar har oyda to‘lab boriladi;
mijozning xohishiga ko‘ra yoki depozit shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda, foizlar depozit hisobvarag‘ida mablag‘lar saqlangan haqiqiy muddatga qarab qayta hisob-kitob qilinadi:
90 kungacha — yillik 0% gacha;
91 kundan 180 kungacha — yillik 9% gacha;
181 kundan 270 kungacha — yillik 10% gacha;
271 kundan 364 kungacha — yillik 11% gacha