“Yangi Sirdaryo” gazеtasida e’lon qilingan maqolaga rasmiy munosabati
“Yangi Sirdaryo” gazеtasining 22-sonida jurnalist Bahrom Boymurodov tomonidan e’lon qilingan “O‘zida tinim yo‘q, ishida unum” nomli maqolada Bankda ko‘rsatilgan xizmatdan qoniqmaganligi, uzundan-uzoq kutishlar natijasida murojaati hal etilganligi haqida bayon qilinadi. Mazkur e’tiroz gazеtada chop etilgandan so‘ng, holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi va quyidagilar aniqlandi.
Jurnalist bank xodimiga taqdim etgan hujjatda chalkashliklar mavjud ekanligi sababli, bank biroz kutib turish evaziga vaziyatni mijoz foydasiga hal etishni bildiradi. Ammo fuqaro B. Boymurodov vaqti tig‘izligi sababli bank xodimida hujjatlarni qoldirib, boshqa ishiga shoshilib kеtadi, natijada uning ishi ortga suriladi.
Ma’lumot uchun, Bankimiz har doim “Bank mijoz uchun” tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatadi va mijozlarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatishdan mamnunligini ma’lum qiladi.