Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
XVF ning baholashiga ko'ra joriy yilda xalqaro iqt...

XVF ning baholashiga ko'ra joriy yilda xalqaro iqtisodiy o'sish ko'rsatkichi qariyb 3,5% ni tashkil etadi

10.05.2012

Ishonchli , barqaror va muvofiqlashtirilgan o'sish ko'rsatkichlariga qaytish bugungi kunda dunyo iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanaladi, dedi Xalqaro Valyuta Fondining (XVF) boshqaruv direktori Kristin Lagard. Shuningdek u o'z so'zida o'tkazilgan ishonchli templar va islohotlar bilan muvofiq holdagi malakatlarning o'ziga hosligini hisobga olgan holda budjet kuchlarini birlashtirishga bo'lgan ishonchni qayd etib o'tdi.
'Ma'lumki, bugungi kundagi dunyo iqtisodiyoti yanada yuqori va yanada sifatli o'sish ko'rsatkichiga erishishi lozim. Uning bu boradagi g'alabasi to'g'ri tanlangan siyosat chora –tadbiriga bevosita mos kelishiga bog'liq. Noto'g'ri tanlangan qaror bilan biz o'n yillik o'sish ko'rsatkichlarini, yosh avlodni hamda dunyo iqtisodiyotini barqaror asosini yaratish imkonidan mahrum bo'lishimiz mumkin ', - deya ta'kidladi o'zining 'Yanada yuqori hamda yanada sifatli iqtisodliy o'sish ko'rsatkichlarini qo'llab quvvatlash uchun barqarolikni mustahkamlash' deb nomlangan nutqida.
XVF ning baholashiga ko'ra joriy yilda xalqaro iqtisodiy o'sish ko'rsatkichi qariyb 3,5% ni tashkil etadi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda 2012 yilda jami 1,5 foizli sust o'sish ko'rsatkichi kutilmoqda, shu bilan birga yevro zonasida yuqori bo'lmagan pasayish kutilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti shakillanayotgan davlatlar hamda rivojlanayotgan davlatlar esa undanda yaxshiroq ko'rsatkichlarni saqlab qolmoqdalar. Ulardagi o'sish ko'rsatkichi 5,75 foizni tashkil etishi kutilmoqda.Biroq dunyoda 200 million kishi ish topa olmay sarson, ularning 75 millionini yoshlar tashkil etadi . 'Bu esa iqtisodiy, ijtiomiy va insoniylik jihatidan mavjud bo'lgan haloqatdir, —deya ta'kidladi K. Lagard.
2013 yilda Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda YaIM ga bo'lgan qarzlar 109 foizga ortishi kutilmoqda. Bu esa ikkinchi jahon urushi davridan so'ng nisbiy eng yuqori daraja hisoblanadi. 'Uni pasaytirish lozim, - dedi XFJ ning boshqaruv direktori. – Ayni vaqtda biz bilamizki, qat'iy budjet iqtisodi o'sishda davom etmoqda hamda pasayish davridagi kuchli, salbiy ta'sir hisoblanadi, - qayd etdi.

 

UzReport 08.05.2012

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU