“NBU’dan Visa bilan chempion bo‘ling” aksiyasi boshlandi
O‘zbekiston Milliy banki Visa bilan hamkorlikda “NBU’dan Visa bilan chempion bo‘ling” aksiyasini ishga tushirdi. Aksiya 1-fevraldan boshlab amal qiladi va 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati doirasida o‘tkaziladi.
Aksiya shartlariga ko‘ra, NBU’dan Visa kartalari orqali amalga oshirilgan har bir xarid ishtirokchilarga sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatini beradi.
Aksiyaning bosh sovrini — Milliy terma jamoaning Jahon chempionati doirasidagi o‘yiniga ikki kishilik sayohat, parvoz bilan birga. Shuningdek, aksiya doirasida fan-to‘plamlar va NBU’dan oltin sovrinlar taqdim etiladi.
Aksiya shartlari bilan tanishish uchun ushbu bo‘limga o‘ting.