Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“O‘zmilliybank” AJ va XDTB 2 milliard yuanga kеlis...

“O‘zmilliybank” AJ va XDTB 2 milliard yuanga kеlishuv imzoladi

25.04.2025

 

 

 

“O‘zmilliybank” AJ va XDTB 2 milliard yuanga teng kеlishuv imzoladi

 

2025-yilning 25-aprel kuni Pekin shahrida “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (“O‘zmilliybank” AJ) va Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki (XDTB) o‘rtasida 2 milliard yuan                 (274 million dollar ekvivalenti) miqdorida kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha kеlishuv imzolandi.

Mazkur bitim 2025-yilga mo‘ljallangan davlat investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra
“O‘zmilliybank” AJga xalqaro moliya institutlaridan umumiy qiymati
1,2 milliard dollar ekvivalentida kredit liniyalarini jalb qilish vazifasi yuklatilgan.

Kеlishuvning imzolanishi O‘zbekiston bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida o‘rnatilgan strategik sheriklik munosabatlari, ayniqsa, 2025-yil kuzida Tyantszin shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar davlat rahbarlarining sammiti oldidan muhim voqea bo‘ldi.

Joriy yilda Xitoy Xalq Respublikasi – ShHTga, XDTB esa tashkilotning Banklararo birlashmasiga raislik qilgan holda Xitoy nomidan ShHTning moliyaviy platformasida muvofiqlashtiruvchi bank vazifasini bajaradi.

 

Imzolangan kelishuv “O‘zmilliybank” AJ va XDTB oʻrtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichini anglatadi hamda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha turtki berishi mumkin.

Jalb qilinadigan mablag‘lar O‘zbekistondagi ustuvor investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, jumladan, transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, uy-joy qurilishi, xizmat ko‘rsatish, muqobil energetika, zamonaviy tibbiyot muassasalarini qurish, aeroportlarni modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi, shu bilan birga kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi aholi bandligini ta’minlash va ularning daromadlari darajasini oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning amalda bajarilishiga xizmat qiladi.

Ushbu kredit liniya Xitoy yuanida taqdim etilmoqda va bunda Sinosure eksport-kredit agentligi ishtirogi va O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati talab qilinmaydi, bu esa mamlakatimiz moliyaviy barqarorligiga ishonchning yuqori darajasidan dalolat beradi hamda “O‘zmilliybank” AJning ishonchli hamkor sifatidagi maqomini tasdiqlaydi.

  Ma’lumot uchun:

Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki 1994 yilda tashkil etilgan mamlakatning eng yirik siyosat banklaridan biri hisoblanadi. Bankning asosiy vazifasi davlat strategiyasi doirasida, jumladan, infratuzilma, energetika va sanoat sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. XDTB “Bir makon -bir yoʻl” tashabbusi va ShHT dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi.

XDTBning asosiy ko'rsatkichlari: aktivlar - 2,6 trillion dollar, kapital - 236 milliard dollar, sof foyda - 12,3 milliard dollar. XDTB birinchi darajali xalqaro kredit reytinglariga ega: S&P (A), Fitch (A+) va Moody's (A1).

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU