Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“Uchariq 55555” MChJ ning “Bankir kundaligi” teleg...

“Uchariq 55555” MChJ ning “Bankir kundaligi” telegram kanali orqali qilgan murojaati bo‘yicha “O‘zmilliybank”AJ ning rasmiy munosabati

12.04.2022

“Uchariq 5555” MChJ savdo do‘koni va o‘quv markazi binosini taʼmirlash va jihozlash maqsadida uzoq muddatli kredit mablag‘larini so‘rab “O‘zmilliybank” AJ Rishton filialiga murojaat qilgan. 

Ushbu loyiha bo‘yicha “Uchariq 5555” MChJ vakillari tomonidan kredit ajratish uchun kerakli hujjatlar to‘plami taqdim etilgan bo‘lib, ushbu xujjatlardan taʼminotchi shartnomalarida kamchiliklar mavjudligi hamda so‘ralayotgan kredit bo‘yicha Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining belgilangan kompensatsiyasidan foydalanish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonlari olib borilgan.

Bugungi kunda, mijoz tomonidan kredit hujjatlaridagi mavjud kamchiliklar bartaraf etilganligi sababli, ushbu loyihani moliyalashtirish bo‘yicha mijoz bilan tegishli kredit shartnomasi imzolangan.

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU