“TalabaExpo-2025” kasb yarmarkasi
21-23-may kunlari Toshkentdagi “Zakovat Arena"da yirik kasb yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
“TalabaExpo-2025” — bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan, NBU, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati ishtirokida tashkil etilagan keng qamrovli tashabbus bo‘lib, u oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda yirik ish beruvchilar bilan yosh mutaxassislar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratishga qaratilgan.
“TalabaExpo-2025”da sizni quydagilar kutmoqda:
bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovkalar;
biznes g‘oyalarga imtiyozli kreditlar taqdim etiladi;
HR bilan bevosita suhbat;
bank sohasidagi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar;
maslahatlar va ochiq muloqotlar.
Aloqa markazi: 1344
(78) 148-00-10