Tadbirkorlar bilan uchrashuv
Shu yilning 20-23-may kunlari “O‘zmilliybank” AJ Boshqaruvi Raisi va Boshqaruv Raisi o‘rinbosarlarining Respublikamizning barcha hududlariga joyiga chiqqan holda tadbirkorlar va kichik biznes vakillari bilan uchrashuvlari rejalashtirildi.
Hozirgi vaqtga qadar bank Boshqaruvi Raisi va uning o‘rinbosarlari Toshkent shahri, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlar olib bordilar.
Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davomida “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi asosida joriy qilingan moliyaviy instrumentlar orqali biznes loyihalarni moliyalashtirish va hududlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashilmoqda.
Tadbirkorlarning o‘z faoliyatini kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, zamonaviy texnologiyalardan yanada samarali foydalanish, eksport hajmini oshirishga doir taklif va tashabbuslari o‘rganib chiqilmoqda.
Shu bilan birga, bank moliyaviy sarmoyasi asosida biznes loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.