O‘zbekiston Milliy banki investorlarni Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylashgan Zamonaviy Tekstil fabrikasini sotib olish bo`yicha auksion savdolariga taklif etadi.
Obyekt ko‘rsatkichlari:
- Ishlab chiqarish quvvati — yiliga 7 000 tonna ip-kalava;
- Yer maydoni — 5,7 gektar;
- Umumiy foydali maydon — 11 671,2 m²;
- Infratuzilma to‘liq ulangan (elektr, gaz, suv);
- Obyekt texnologik uskunalari bilan birgalikda sotiladi.
Sotuv shartlari:
- Narxi — 139,6 mlrd so‘m;
- Zarur xollarda investorlarga "O`zmilliybank" tomonidan kredit mablag‘lari ajratilishi mumkin.
Batafsil ma’lumot quyidagi havola orqali https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=20791823.
Boshqa obyektlar va tijorat aktivlari roʻyxati bilan quyidagi havola orqali https://nbu.uz/matbuot-markazi#auctions tanishib chiqish mumkin.