"Silk Road Samarkand" turistik majmuasi bo‘yicha hamkorlikka taklif etamiz
NBU mehmonxona va turizm biznesi sohasida tajribaga ega bo'lgan kompaniyalarni “Silk Road Samarkand” turistik majmuasini boshqarish bo'yicha uzoq muddatli hamkorlikka taklif etadi.
Majmua Samarqand viloyatida joylashgan bo‘lib, xalqaro standartlarga muvofiq barpo tashkil etilgan, uzunligi 2 kilometr bo‘lgan eshkak eshish kanali bo‘ylab barpo etilgan. Ushbu kanal loyihaning markaziy shaharsolik o‘qini shakllantiradi. "Silk Road Samarkand" ilk bor mehmonxona, tadbirlar va jamoat infratuzilmasini yagona, markazlashgan boshqaruv konsepsiyasi asosida rivojlantirilgan yaxlit turistik shahar sifatida amalga oshirilgan. Majmua hududining umumiy maydoni 212 gektarni tashkil etadi.
Majmua tarkibiga umumiy nomerlar fondi 1 185 ta bo‘lgan 8 ta mehmonxonalar kiradi, jumladan:
5 yulduzli toifa: Hilton Samarkand Regency, Silk Road by Minyoun;
4 yulduzli toifa: Lia by Minyoun Stars of Ulugbek, Savitsky Plaza;
3 yulduzli toifa: Wellness Park Hotels Bactria, Wellness Park Hotels Turon, Hilton Garden Inn Afrosiyob, Hilton Garden Inn Sogd.
Barcha mehmonxonalar restoranlar va barlar, fitnes va wellness zonalari, suzish havzalari hamda zamonaviy konferensiya zallari bilan jihozlangan.
"Silk Road Samarkand" xalqaro darajadagi tadbirlarni o‘tkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lib, bu uning nufuzli xalqaro forumlar o‘tkaziladigan maydon sifatidagi maqomini tasdiqlaydi hamda barqaror MICE-turizm oqimini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Loyihaning madaniy markazi sifatida "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog‘i faoliyat yuritadi. U amfiteatr, ochiq sahnalar, hunarmandchilik ustaxonalari va turli gastronomik konsepsiyalarni o‘z ichiga olgan jonli jamoat maskani bo‘lib, majmua iqtisodiyotiga uzviy integratsiya qilingan va mehmonlarning majmuada qolish muddatini uzaytirishga xizmat qilmoqda.
Aloqa uchun raqamlar: