Shveysariya va Benin Respublikasi O'zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirilmoqda
Jeneva diplomatik doiralari prezidenti R.Blum boshchiligidgi Shveysariya va Benin Respublikasi delegatsiyalarining O'zbekistonga tashrifi doirasida 12 may kuni Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari eksportini qo'llab-quvvatlash Fondi va Shveysariya hamda Benin Respublikasi delegatsiyalarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Muloqot davomida mamlakatlarimiz o'rtasida mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi va boshka sohalarda o'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kelgusida yanada kengaytirish, O'zbekiston, Shveysariya hamda Benin Respublikasi tadbirkorlari o'rtasida amaliy aloqalarni o'rnatish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.
Xususan, Fond mamlakatimizning eksport salohiyati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yaratilayotgan qulay imkoniyatlar va shu maqsadda fond tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar taqdimotini o'tkazdi.
O'z navbatida Jeneva diplomatik doiralari prezidenti janob R.Blum O'zbekistonning ulkan eksport salohiyatini e'tirof etib, yangi hamkorlar topish va xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish uchun yurtimiz tadbirkorlarining Shveysariya va Benin Respublikasiga amaliy tashrifini uyushtirish taklifini o'rtaga tashladi. Shuningdek, janob R.Blum O'zbekistondan quruq mevalarni import qilish istagini ham bildirdi. Benin Respublikasi savdo-sanoat palatasi vakillari esa mavjud barcha turdagi sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallarini import qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o'zaro anglashuv Memorandumini imzolab, O'zbekistan va Shveysariya tadbirkorlari o'rtasida yaqin amaliy aloqalar o'rnatishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
UzReport