Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Qozog‘istondan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari — fa...

Qozog‘istondan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari — faqat NBU’da 0% komissiya bilan

28.07.2025

2025-yil boshidan bu yo‘nalishdagi o‘tkazmalar hajmi barqaror oshmoqda, bu esa xizmatga bo‘lgan yuqori qiziqishni ko‘rsatadi.


O‘zbekiston Milliy banki va Qozog‘istondagi Bank CenterCredit hamkorligida mijozlarga bcc.kz ilovasi orqali Qozog‘istondan O‘zbekistonga oddiy va tezkor pul o‘tkazmalari xizmati taklif etilmoqda.


30-sentabr 2025-yilgacha pul o‘tkazmalari — 0% komissiya bilan

Qozog‘istondan O‘zbekistonga  Bank CenterCredit’ning bcc.kz mobil ilovasi orqali amalga oshirilayotgan o‘tkazmalar 2025-yil 30-sentabrgacha komissiyasiz amalga oshiriladi.


 bcc.kz ilovasiorqali pul o‘tkazmalari afzalliklari:

• Faqat telefon raqami yoki karta raqami kerak — boshqa rekvizitlar shart emas;

• So‘mlarda tushadi — Humo va UzCard kartalariga, joriy kurs bo‘yicha;

• Pul bir zumda yetib boradi.


Qanday yuboriladi:

 1. Bank CenterCredit’ning bcc.kz mobil ilovasini yuklab oling (App Store yoki Google Play’da mavjud);

 2. Ilovaga kirib, avtorizatsiyadan o‘ting;

 3. “O‘tkazmalar” → “Xalqaro o‘tkazmalar” → “O‘zbekistonga o‘tkazmalar” bo‘limiga o‘ting;

 4. Telefon raqami yoki karta orqali yuborishni tanlang;

 5. Qabul qiluvchining telefon raqami va banki yoki karta raqamini kiriting.


Qozog‘istondan O‘zbekistonga pul o‘tkazish endi yanada oson va foydali — komissiyasiz, so‘mlarda va bir zumda!

O‘zbekiston Milliy banki mijozlar uchun zamonaviy va ishonchli moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan imkoniyatlarni kengaytirishda davom etmoqda.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU