"O‘zmilliybank" AJ Boshqaruv Raisi Yangi yil tabrigi
01.01.2023
Qadrli yurtdoshlar ,bankimiz mijozlari ! Barchangizni Yangi — 2023 yil bilan samimiy muborakbod etaman!
Yaratganga shukrlar bo‘lsinki, 2022 yilni yakunlab, 2023 yilni ezgu niyatlar bilan kutib oldik. Yangi yil oldimizga yangi maqsadlar qo‘yish, yangi marralarni belgilash hamda o‘tgan yilni sarhisob qilish vaqti demakdir.
Ushbu quvonchli damlarda barchangizga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik tilayman. Xonadonlarimizdan fayz va baraka arimasin. Yangi — 2023 yilda ham bayramning ko‘tarinki shukuhi barchamizga hamroh bo‘lsin!