Prezident Xitoyga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintaoning taklifiga binoan 2012-yil 5 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Xitoyga jo‘nab ketdi.
Xitoy rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.
Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va boshqa sohalarda yanada mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi mo‘ljallanmoqda.
Davlatimiz rahbari 6-7 iyun kunlari Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Sammiti ishida ishtirok etadi.
O‘zA 05.06.2012