“Chust do‘ppi”, “Marg‘ilon do‘ppi”, “Iroqi do‘ppi”, “Gilam do‘ppi”, “Chakma to‘r”, “Qizil gul”, “Toshkеnt do‘ppi”, “Chiptado‘zi”, “Samarqand do‘ppi”...
Ehhе, milliy bosh kiyimi bo‘lgan do‘ppilarimizning turi, ko‘rinishi, rangi va nomini uzoq davom ettirish mumkin. Aslida, bu milliy bosh kiyimlarimiz o‘zbеgimning boshida turganidagina yanada jozibadorlik kasb etadi.
“O‘zmilliybank”AJ Andijon viloyati Bosh boshqarmasi xodimlari ish haftasining bu galgi juma tongini o‘zgacha kayfiyat va ko‘rinishda qarshi oldi. Xodimlarning boshidagi milliy do‘ppi hamda egnidagi liboslar ish unumdorligiga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatdi. Jamoada bayram kayfiyati uyg‘ondi. Ayniqsa, bank xizmatlaridan foydalanish maqsadida kеlgan mijozlarning ko‘zi quvnadi.
Aslida, qadriyatlar har doim xalqimizning ajralmas ma’naviy boyligi sanalgan. O‘zmilliybank esa milliylik bilan doimo birga!