Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O‘zmilliybank YeTTB mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zmilliybank yashil moliyalashtirish sohasidagi yutuqlari uchun YeTTB mukofoti bilan taqdirlandi

24.01.2025

2025-yil 21-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (O‘zmilliybank) Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YеTTB) O‘zbekistonda yashil moliyalashni rivojlantirishdagi yutuq va taraqqiyotiga bag‘ishlangan tadbirida ishtirok etdi. Tadbir Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi (GEFF) va Savdoga ko‘maklashish dasturi (TFP) doirasida tashkil etildi.

Ushbu nufuzli tadbirda GEFF va TFP dasturlari doirasidagi turli nominatsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston tijorat banklarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. O‘zmilliybank YeTTB tomonidan “Yashil savdoni qoʻllab-quvvatlash dasturi: Barqaror rivojlanish sertifikatlash sxemalaridan samarali foydalanish” (Green TFP: Best Use of Sustainability Certification Schemes) nominatsiyasi boʻyicha yuksak mukofotga sazovor boʻldi.

 Mazkur mukofot O‘zmilliybankka barqaror rivojlanish sohasidagi salmoqli yutuqlar va xalqaro savdoni moliyalashtirish sohasida ekologik mas’uliyatni oshirishga xizmat qiluvchi sertifikatlash sxemalaridan samarali foydalanganligi uchun berildi. Mukofotni olish bank tomonidan barqaror rivojlanish sertifikatlash sxemalarini muvaffaqiyatli qoʻllanilishini tasdiqlaydi va uning atrof-muhit uchun mas’uliyatli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ko‘rsatadi.

YeTTB O‘zmilliybankning O‘zbekistonda barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surishdagi hissasini yuqori baholadi. Bank xalqaro savdoni moliyalashtirish sohasida yuqori ekologik standartlarni joriy etgan GEFF dasturining sanoqli ishtirokchilaridan biri ekanligi taʼkidlandi.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zmilliybankni, 2024-yilda erishilgan natijalar va joriy yilga mo‘ljallangan strategik rejalardan kelib chiqib, 2025-yil uchun mamlakatimizdagi tizimli ahamiyatga ega banklar ro‘yxatiga kiritganini alohida ta’kidlash zarur.

2024 yilda bank yuqori moliyaviy natijalarni namoyish etdi:

• Sof foyda 1,7 trillion so‘mni tashkil etdi;

• Xarajatlar samaradorligi koeffitsiyenti CIR 30% ni tashkil etdi, bu xarajatlar optimallashtirilganini ko‘rsatadi;

• Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi investisiya loyihalarini kreditlash hajmi 38 trillion so‘mga yetdi;

• Yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 18 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

So‘nggi yillarda bankning jadal o‘sishi raqamlashtirishga yo‘naltirilgan strategik investitsiyalar, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni doimiy ravishda takomillashtirish va yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish natijasida erishildi. 2020-2024 yillarda yuridik shaxslarning kredit portfeli 50 foizga, chakana mijozlar portfeli esa 3 barobarga oshdi. Yuridik shaxslarning depozit portfeli 90 foizga, jismoniy shaxslarniki 286 foizga oʻsdi.

2024-yilda Davlat investitsiya dasturiga muvofiq, O‘zmilliybank xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklardan umumiy qiymati 600 million dollarlik kredit liniyalarini jalb qildi.

Bundan tashqari, bank London fond birjasiga umumiy qiymati 411 million dollar (300 million dollar va 1 400 milliard so‘m) bo‘lgan obligatsiyalarning ikki transhini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Aytish joizki, O‘zmilliybank O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari orasida birinchi bo‘lib milliy valyutadagi obligatsiyalarni xalqaro moliya bozoriga joylashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘tgan yildan buyon O‘zmilliybank O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari qatoriga kirib, TOP-10 ro‘yxatidan joy oldi. Bu bankning nafaqat moliyaviy barqarorligini, balki uning mamlakat iqtisodiyoti rivojiga qo‘shayotgan salmoqli hissasini ham tasdiqlaydi. 2024-yilda bank byudjetga umumiy toʻlovlar hajmini oʻtgan yilga nisbatan 48 foizga oshirdi – 1 545,8 milliard so‘mgacha. Shundan Respublika byudjetiga 1 531,4 milliard so‘m, mahalliy budjetlarga 14,4 milliard so‘m yo‘naltirildi.

Bank barqaror oʻsishga yoʻnaltirilgan transformatsiya strategiyasini faol joriy etmoqda va bu borada yetakchi xalqaro konsalting kompaniyasi McKinsey & Company bilan hamkorlik qilmoqda. Uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi doirasida bank mijozlar bilan ishlash boʻyicha menejerlar rolini kuchaytirish, IT-infratuzilmani modernizatsiya qilish va moliyaviy boshqaruvni qayta tashkil etish, shuningdek, kichik va oʻrta biznes bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Bank rahbariyatining ta’kidlashicha, erishilgan muvaffaqiyatlarni mijozlar va hamkorlar ishonchi, jamoaning yuqori professionalligisiz amalga oshirishning imkoni bo‘lmas edi. O‘zmilliybank xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, biznes va aholining zamonaviy ehtiyojlariga javob beradigan innovatsion yechimlarni ishlab chiqishda davom etmoqda. Bularning barchasi bank faoliyatini yanada barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Kerakli bo'shlikni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.

Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.

Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.

Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.

Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.

Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.

Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.

Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.

Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Swift” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.

Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.

Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.

shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat

o’tkazma nazorat raqami

jo’natuvchining ism Sharifi

jo’natuvchining mamlakati

kutilayotgan pul miqdori

NBFAUZ2X

O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.

Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.

Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.

Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.

Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;

- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;

- Guvohnoma (Sertifikat);

- Ta’sischilarning qarori;

- Litsenziyalar;

- Garov kadastri/texnik pasporti;

- Garovnning fotosuratlari;

- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;

- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan

faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.

Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.

Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.

Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.

Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.

Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin. Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan

- Kompaniyaning ta'sis hujjatlari (ustav, ro'yxatdan o'tish to'g'risidagi guvohnoma)
- Kompaniya vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar
- Sotib olinayotgan avtomobil uchun shartnoma
- Garov mulkiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar garov talab etilsa)

- Professional maslahat va qo'llab-quvvatlash: Mutaxassislar rasmiylashtirishning barcha bosqichlarida professional maslahat va yordam ko'rsatishga tayyor va mijozlarga taklif etilayotgan kredit mahsulotlaridan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi.
- Kreditning maqbul muddati va miqdorini tanlash imkoniyati.
- Rasmiylashtirishning soddaligi: Hujjatlarga minimal talablar va arizalarni ko'rib chiqishning tezkor jarayoni.
- Biznesni qo'llab-quvvatlash: Avtoparkni yangilashga yordam beradigan moliyalashtirish

Milliy bank arizalarni ko'rib chiqishning tez va samarali jarayonini ta'minlashga intiladi. Yuridik shaxslar uchun avtokredit olishga arizani ko'rib chiqishning o'rtacha muddati 3 dan 5 ish kunigacha

Garov sotib olinayotgan yangi avtomobil bo'lishi mumkin

Rasmiy dilerlardan yangi avtomobillarni sotib olish imkoniyati

Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.

Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.

Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.

Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.

Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin.  Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan

- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;
- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;
- Guvohnoma (Sertifikat);
- Ta’sischilarning qarori;
- Litsenziyalar;
- Garov kadastri/texnik pasporti;
- Garovnning fotosuratlari; 
- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;
- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan
faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.