Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga takl...

"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi

10.11.2025

"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, Tinchlik MFY, Xiyobon shoh ko‘chasida joylashgan Savdo do‘koni binosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Guliston shahar, Birlashgan ko‘chasi, 8-uy «O‘zmilliybank» AJ Sirdaryo viloyati Bosh boshqarmasi binosi 

Narxi: 254.000.000,00 so‘m;

Muddati: 72 oy; 

Boshlang‘ich to‘lov: 10%;

To`lov sharti: Bo‘lib to‘lash;

Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 14 noyabr soat 12:00 gacha

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yuridik shaxslar uchun:

· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Jismoniy shaxslar uchun:

· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 14 noyabr soat 15:00

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Guliston shahar, Birlashgan ko‘chasi, 8-uy «O‘zmilliybank» AJ Sirdaryo viloyati Bosh boshqarmasi binosi yoki 78-147-15-02, 97-247-07-04 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU