"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qorao‘zak tumani, Qoybaq OFY, Bes Tobe ko‘chasi, 63-uy, 65/1-uy va 65/2-uy manzilda joylashgan yer maydoni 22,8 ga bo‘lgan Sement ishlab chiqarish zavodi bino-inshootlari va texnologik uskunalarini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkеnt shahar, Yunusobod tumani, Amir Tеmur shox ko‘chasi, 101 -“O‘zmilliybank”AJning Bosh ofis binosida.
Narxi: 107 952 300 000,0 so‘m.
Muddati: 120 oy;
Boshlang‘ich to‘lov: 5%
To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;
Imtiyozli davri: 24 oy;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 15 dekabr soat 18:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 16 dekabr soat 11:00.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 78-147-15-21, 90-355-55-98 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.