"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Farg`ona viloyati, Bog`dod tumani, Guliston MFY, Yosh avlod ko`chasi, 137-uyda joylashgan Savdo va ko`ngilochar markazi bino va inshootini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Farg`ona viloyati, Farg`ona shahri, Al-Farg`oniy ko`chasi, 35-uy. «O`zmilliybank» AJ Farg`ona viloyati Bosh boshqarmasi binosi.
Narxi: 462 803 000,00 so‘m.
Muddati: 24 oy;
Boshlang‘ich to‘lov: 10%;
To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 12 dekabr soat 12:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 12 dekabr soat 15:30.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Farg`ona shahri, Al-Farg`oniy ko`chasi, 35-uy «O`zmilliybank» AJ Muammoli kreditlarni undirish va yuridik muvofiqlashtirish boshqarmasiga yoki 78-147-15-56, 91-661-00-10 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.