Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga takl...

"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi

09.12.2025

"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Farg`ona viloyati, Farg'ona tumani, Oqtepa MFY, Farg'ona ko'chasi, 388-uyda joylashgan Savdo va maishiy xizmat ko`rsatish shaxobchasi bino va inshootlarini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili:  Farg`ona shahri, Al-Farg`oniy ko`chasi, 35-uy. «O`zmilliybank» AJ Farg`ona viloyati Bosh boshqarmasi binosi.

Narxi: 188 985 000,00 so‘m.

Muddati: 24 oy; 

Boshlang‘ich to‘lov: 10%;

To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;

Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 12 dekabr soat 12:00 gacha.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yuridik shaxslar uchun:

· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Jismoniy shaxslar uchun:

· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 12 dekabr soat 15:00.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Farg`ona shahri, Al-Farg`oniy ko`chasi, 35-uy «O`zmilliybank» AJ Muammoli kreditlarni undirish va yuridik muvofiqlashtirish boshqarmasiga yoki 78-147-15-56, 91-661-00-10 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU