"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani, Bunyodkor MFY hududida joylashgan yer maydoni 4,1 ga bo‘lgan Mevani qayta ishlash zavodi bino - inshootlari va uskunalarini komlеks tarzda quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkеnt shahri, Amir Tеmur shox ko‘chasi, 101. “O‘zmilliybank”AJning Bosh ofisi.
Narxi: 27 300 000 000,00 so‘m.
Qo‘shimcha majburiyat: 2 251 602,96 AQSh dollari (sotuv kunidagi MB kursiga ko`ra);
Muddati: 84 oy;
Boshlang‘ich to‘lov: 10%;
Imtiyozli davri: 12 oy;
To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 11 dekabr soat 18:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 12 dekabr soat 11:00.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 78-147-15-21, 90-355-55-98 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.