"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Xorazm viloyati, Urganch shahri, Bekobod QFY hududida joylashgan zamonaviy tipdagi Gidroponika issiqxonalari qurish uchun mo`ljallangan asbob-uskunalarni quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 65A-uy. «O‘zmilliybank» AJ Xorazm viloyati Bosh boshqarmasi.
Narxi: 3 406 182 236,00 so‘m.
Qo’shimcha majburiyat: Tugatish boshqaruvchisining kreditorlar reyestriga kiritilgan navbatdan tashqari xarajatlari 178 468 120,0 so‘m.
Muddati: 10 kun;
Boshlang‘ich to‘lov: 100%;
To`lov sharti: To`liq to‘lash;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 19 dekabr soat 12:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 19 dekabr soat 15:00.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 65A-uy «O‘zmilliybank» AJ Xorazm viloyati Bosh boshqarmasi yoki 78-147-15-62, 97-511-65-49 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.