Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga takl...

"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi

12.12.2025

"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani, Tozabog’ OFY, Toza Amirobod ko’chasi, 597-uyda joylashgan Gidroponika issiqxona bino-inshootlarini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkent shahri, A.Temur shoh ko‘chasi, 101-uy. «O‘zmilliybank» AJ Bosh ofisi binosi.

Narxi: Mulk narxi 2 383 495 000,00 so`m hamda qoplanmagan (mulkni baxolash va ekspertiza) 499 998,00 so‘mlik majburiyatlarni qo‘shib, jami 2 383 994 998,00 so‘m.

Muddati: 84 oy; 

Boshlang‘ich to‘lov: 10%;

Imtiyozli davr: 12 oy;

To`lov sharti: Bo‘lib to‘lash;

Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 19 dekabr soat 12:00 gacha.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yuridik shaxslar uchun:

· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Jismoniy shaxslar uchun:

· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 19 dekabr soat 15:00.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, A. Dosnazarov ko‘chasi, 72-uy «O‘zmilliybank» AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasiga yoki 78-147-15-60, 97-789-05-50, 97-353-31-13 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU