"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumani, Taza jol OFY, Taza jol ko'chasi, 71-uyda joylashgan qizilmiya ildizini qayta ishlash zavodi bino-inshoоtlari va asbob-uskunalari kompleksini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkеnt shahri, Amir Tеmur shoh ko‘chasi, 101-uy «O‘zmilliybank» AJ binosi.
Narxi: 6 075 482 000,00 so‘m;
Muddati: 84 oy;
Boshlang‘ich to‘lov: 10%;
Imtiyozli davr: 12 oy;
To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2026 yil 3 iyul soat 12:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2026 yil 3 iyul soat 16:00.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahri, A. Dosnazarov ko‘chasi, 72-uy «O‘zmilliybank» AJ Qoraqalpog’iston Respublikasi Bosh boshqarmasi binosi yoki 78-147-15-60, 97-789-05-50, 97-353-31-13 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.