Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga takl...

"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi

30.12.2025

"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" Jizzax viloyati, Jizzax shahri, A.Navoiy MFY, O‘zbеkiston ko‘chasi, 68-uyda joylashgan 54-xonadonni quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili:  Jizzax shahri, Sh. Rashidov shoh ko‘chasi, 20-uy. «O‘zmilliybank» AJ Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi binosi.

Narxi: 1 015 560 000,00 so‘m.

Muddati: 84 oy; 

Boshlang‘ich to‘lov: 10%;

Imtiyozli davr: 12 oy

To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;

Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 30 dekabr soat 12:00 gacha.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yuridik shaxslar uchun:

· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Jismoniy shaxslar uchun:

· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 30 dekabr soat 15:00.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Jizzax shahri, Sh.Rashidov shox ko‘chasi, 20-uy «O‘zmilliybank» AJ Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi yoki 78-147-15-61, 91-566-38-58 tеlеfon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU