Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga takl...

"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi

28.10.2025

"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Buxoro viloyati, Romitan tumani, Qahramon MFY, Qahramon qishlog‘ida joylashgan Issiqxona majmuasini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, M. Iqbol ko‘chasi, 3-uy. “O‘zmilliybank” AJ Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi binosi.

Narxi: 2 736 307 546,00 so‘m;

Muddati: 60 oy; 

Boshlang‘ich to‘lov: 15%;

To`lov sharti: Bo‘lib to‘lash;

Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 3 noyabr soat 18:00 gacha.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yuridik shaxslar uchun:

· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Jismoniy shaxslar uchun:

· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 4 noyabr soat 15:00.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Buxoro viloyati, Buxoro shahri, M. Iqbol ko‘chasi, 3-uy “O‘zmilliybank” AJ Buxoro viloyati Bosh boshqarmasiga yoki (78) 147-15-57, (94) 325-94-64 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU