Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga takl...

"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi

27.08.2026

"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Mustaqillik ko’chasi, 49-uyda joylashagan ip-kalava, trikotaj mato va tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan textil korxonasi bino-inshooti va asbob-uskunalarini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkеnt shahri, Yunusobod tumani, Amir Tеmur shox ko‘chasi, 101-uy. «O‘zmilliybank» AJ Bosh binosi.

Narxi: 224 749 000 000,00 so‘m;

Muddati: 84 oy;

Imtiyozli davr: 24 oy

Boshlang‘ich to‘lov: 15%;

To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;

Arizalarni qabul qilish muddati: 2026 yil 14 sentabr soat 10:00 gacha.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yuridik shaxslar uchun:

· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Jismoniy shaxslar uchun:

· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2026 yil 14 sentabr soat 15:00.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Toshkеnt shahri, Amir Tеmur shox ko‘chasi, 101-uy «O‘zmilliybank» AJ Bosh binosi yoki 78 147-15-21, 90 355-55-98 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU