"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Paxtakor MFY, Anxor qishlog‘i, 44-uyda joylashgan, umumiy yer maydoni 10 000,00 kv.m. bo‘lgan issiqxona majmuasini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkent shahri, A. Temur shox ko‘chasi, 101-uy «O‘zmilliybank» AJ Bosh binosi.
Narxi: 3 398 307 000,00 so‘m;
Muddati: 84 oy;
Imtiyozli davr: 12 oy
Boshlang‘ich to‘lov: 10%;
To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2026 yil 5 oktabr soat 10:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2026 yil 5 oktabr soat 11:00.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Samarqand shahar, M. Ulug’bek ko‘chasi, 1-uy “O‘zmilliybank” AJ Samarqand viloyati Bosh boshqarmasiga yoki 78-147-15-59, 93-338-76-20 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.