"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Bunyodkor MFY, Loyixalash ko‘chasi, 101/23-uyda joylashgan Noturar-joy binosini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkеnt shahri, Yunusobod tumani, Amir Tеmur shox ko‘chasi, 101-uy. «O‘zmilliybank» AJ Bosh binosi.
Narxi: 3 680 504 000,00 so‘m;
Muddati: 60 oy;
Boshlang‘ich to‘lov: 10%;
Imtiyozli davr: 6 oy;
To`lov sharti: Bo‘lib to‘lash;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 27 noyabr soat 12:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 27 noyabr soat 15:30.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Jizzax shahri, Sh. Rashidov shox ko‘chasi, 20-uy «O‘zmilliybank» AJ Jizzax viloyati Bosh boshqarmasiga yoki 78-147-15-61, 99-568-35-58 tеlеfon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.