Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga takl...

"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi

15.12.2025

 "O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Jizzax viloyati, Zomin tumani, G‘allakor MFY, Qo‘riq ko‘chasi, 5/1-uyda joylashgan Noturar binoni quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili:  Jizzax shahri, Sh. Rashidov shox ko‘chasi, 20-uy. «O‘zmilliybank» AJ Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi binosi.

Narxi: 398 300 000,00 so‘m.

Muddati: 84 oy; 

Boshlang‘ich to‘lov: 10%;

Imtiyozli davr: 6 oy

To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;

Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 19 dekabr soat 12:00 gacha.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yuridik shaxslar uchun:

· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Jismoniy shaxslar uchun:

· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 19 dekabr soat 16:00.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Jizzax shahri, Sh.Rashidov shox ko‘chasi, 20-uy «O‘zmilliybank» AJ Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi binosi yoki 78-147-15-61, 99-746-10-20 tеlеfon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU