"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Bog‘iston MFY, Laboratoriya ko‘chasi, 49-uy manzilida joylashgan Avtomobillarni siqilgan (mеtan) gaz bilan to‘ldirish komprеssort stansiyasi binosini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sebzor ko‘chasi, 1-uy. “O‘zmilliybank” AJ Toshkent shahar Bosh boshqarmasi binosi.
Narxi: 1 500 000 000,00 so‘m.
Muddati: 48 oy;
Boshlang‘ich to‘lov: 10%;
To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 19 dekabr soat 12:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 19 dekabr soat 16:00.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sebzor ko‘chasi, 1-uy. “O‘zmilliybank” AJ Toshkent shahar Bosh boshqarmasi binosi yoki 97-744-79-79 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.