"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Namangan viloyati, Namangan shahri, Obi-hayot MFY, Hamrox ko‘chasi, 3-uyda joylashgan Yerto‘la bino-inshootlarini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Namangan shahri, I. Karimov ko‘chasi, 2-uy. «O‘zmilliybank» AJ Namangan viloyati Bosh boshqarmasi binosi.
Narxi: 1 750 148 000,00 so‘m.
Muddati: 84 oy;
Boshlang‘ich to‘lov: 10%;
To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 19 dekabr soat 12:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 19 dekabr soat 14:00.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Namangan shahri, I. Karimov ko‘chasi, 2-uy «O‘zmilliybank» AJ Namangan viloyati Bosh boshqarmasi yoki 78-147-15-65, 93-408-70-00 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.