"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi
"O‘zbеkiston Rеspublikas Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi, Xo‘jayli tumani, Kun nuri MFY, Kun nuri kuchasi, 1-uyda joylashgan мa`muriy, qozonxona, konserva binolari va charm bostirmasini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.



To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkеnt shahri, Yunusobod tumani, Amir Tеmur shoh ko‘chasi, 101-uy. «O‘zmilliybank» AJ Bosh binosi.
Narxi: 5 107 639 000,00 so‘m;
Muddati: 84 oy;
Boshlang‘ich to‘lov: 10%;
To`lov sharti: Bo‘lib to‘lash;
Arizalarni qabul qilish muddati: 2025 yil 20 oktabr soat 11:00 gacha.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yuridik shaxslar uchun:
· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Jismoniy shaxslar uchun:
· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2025 yil 20 oktabr soat 16:00.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko`chasi, 71-uy «O`zmilliybank» AJ Muammoli kreditlarni undirish va yuridik muvofiqlashtirish boshqarmasiga yoki (78) 147-15-60, (97) 789-05-50, (97) 353-31-13 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Takliflar kelib tushmagan holda, har ish kuni 18:00 ga qadar yuqoridagi manzilda muzokara vaqtini kelishib olish mumkin.