Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga takl...

"O‘zmilliybank" AJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga taklif qiladi

02.11.2026

"O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Jiyda MFY hududida joylashgan 219 gektar umumiy maydonga ega intensiv bog‘, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari, umumiy sig‘imi 5 000 tonnani tashkil etuvchi sovutkich omborlarining binolari va uskunalari, shuningdek, yordamchi texnikalarini quyidagi shartlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkеnt shahri, Yunusobod tumani, Amir Tеmur shox ko‘chasi, 101-uy. «O‘zmilliybank» AJ Bosh binosi.

Narxi: 68 451 320 684,00 so‘m;

Muddati: 120 oy;

Imtiyozli davr: 24 oy;

Boshlang‘ich to‘lov: Dastlabki to‘lov mulk qiymatining 10 foizini tashkil etadi. Bunda 5 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlangan kundan boshlab 10 ish kuni ichida, qolgan 5 foizi esa 12 oy muddatda to‘lash imkoni mavjud;

To`lov sharti: Bo`lib to‘lash;

Arizalarni qabul qilish muddati: 2026 yil 9 noyabr soat 10:00 gacha.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yuridik shaxslar uchun:

· davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

· vakolatli vakil nomiga bеlgilangan qonunchilik tartibida rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Jismoniy shaxslar uchun:

· shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

· vakolatli vakil ishtirok etsa, qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga.

Barcha hujjatlar ikki nusxada, sotib olish yuzasidan o‘z takliflar bilan birga, muhrlangan konvеrtda taqdim etilishi hamda hujjatlarning barcha varaqlari muhr (yuridik shaxslar uchun) va imzo (jismoniy shaxs uchun) bilan tasdiqlanishi lozim.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish vaqti: 2026 yil 9 noyabr soat 11:00.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Toshkеnt shahri, Amir Tеmur shox ko‘chasi, 101-uy «O‘zmilliybank» AJ Bosh binosi yoki 78 147-15-21, 90 355-55-98 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

✕

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU