"O`zmilliybank" AJ PCI DSS sertifikatini oldi
Hurmatli "O`zmilliybank" AJ mijozlari va hamkorlari!
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ("O‘zmilliybank" AJ) To‘lov kartalari ma’lumotlari xavfsizligi standarti (PCI DSS) talablariga muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Audit jarayonida to‘lov kartasi egalarining ma’lumotlarini himoya qilish, axborot infratuzilmasi xavfsizligi, kirish huquqlarini boshqarish hamda axborot xatarlarini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiq ekanligi tasdiqlandi.
PCI DSS talablariga rioya qilish — Bankning raqamli bank xizmatlari ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan strategiyasining muhim tarkibiy qismidir. Bank o‘zining kompleks texnik va tashkiliy xavfsizlik choralarini rivojlantirish hamda takomillashtirishda davom etmoqda, mavjud kiberxavflarni muntazam baholamoqda va Bank infratuzilmasining zamonaviy tahdidlarga qarshi barqarorligini kuchaytirmoqda.
Auditdan muvaffaqiyatli o‘tish Bankning axborot xavfsizligi bo‘yicha xalqaro amaliyotlarga sodiqligini hamda mijozlar ma’lumotlarini va ularning to‘lov operatsiyalari xavfsizligini himoya qilishga mas’uliyatli yondashuvini namoyon etadi.