Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Оmonatlar shartlariga o‘zgarishlar kiritildi

Оmonatlar shartlariga o‘zgarishlar kiritildi

20.03.2025

2025-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Milliy bankida omonatlarga xizmat ko‘rsatish shartlari quyidagicha yangilanadi:

  • "Mustaqillik 27", "Foydali" va "Sarmoya" omonatlari bo‘yicha yangi omonat ochish to‘xtatiladi;

  • "Jozibali" omonati bo‘yicha foiz stavkasi: bank ofislarida rasmiylashtirilganda yillik 20%, masofadan ochilganda (Milliy ilova orqali) yillik 21% bo‘ladi.

Avval ochilgan barcha omonatlarga ularning amal qilish muddati tugagunga qadar avvalgi shartlar asosida xizmat ko‘rsatiladi.

"O`zmilliybank"da ochilgan omonatlar ishonchli himoyalangan, ularning qaytarilishi "Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun bilan kafolatlangan va bankning moliyaviy barqarorligi bilan ta’minlangan.

Omonatlarning shartlari va turlari haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin https://nbu.uz/jismoniy-shaxslar-omonatlar.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU