Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ: milliy liboslarimiz hammaga ya...

"O‘zmilliybank" AJ: milliy liboslarimiz hammaga yarashadi

18.04.2025

Hunarmand xalqimizning ijodiy mahsuli sanalgan milliy liboslarimiz kamalakning yetti rangidagi jiloni o‘zida mujassam etgan. Shu bois bu matolardan tikilgan liboslar insonga ko‘tarinki kayfiyat, jo‘shqinlik va o‘ziga bo‘lgan ishonch ruhini oshiradi.

“O‘zmilliybank” AJ xodimlari haftaning har jumasini an’anaviy milliy libos hamda aksasuarlarni kiygan holda boshlab, yakuniga yetkazayotgani esa milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan sadoqat va ehtiromini ko‘rsatadi. Shuningdеk, yosh avlodga an’alarga sodiqlik tamoyilini anglatishda o‘zining munosib hissasini qo‘shishda faol ishtirok etadi.

Bu gal milliy liboslar chеllеndjida “O‘zmilliybank” AJ Sirdaryo viloyati Bosh boshqarmasi xodimlari tashabbusni qo‘lga oldi va jamoaning har bir a’zosi kunni egnida yarashib turgan milliy liboslar bilan qarshi oldi. Albatta, bu odat jamoada nafaqat, urf-odatlarga hurmat, shuningdеk, hamjihatlik muhitini ham mustahkamlashga xizmat qiladi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU