«O‘zmilliybank» AJ aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida xabar
Jamiyatning nomi: “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati.
Joylashgan joyi: 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Аmir Temur shoh ko‘chasi, 101-uy.
Elektron pochta manzillari: info@nbu.uz, webmaster@nbu.uz.
Umumiy yigʼilish o‘tkazish sanasi va manzili: 2025 yil 23 iyun, soat 15:00. Toshkent shahri, Аmir Temur shoh ko‘chasi, 101-uy.
Аksiyadorlarning reestri shakllantiriladigan sana: 2025 yil 17 iyun.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishining sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
2. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash;
3. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining ustaviga o‘zgartirish kiritish.