Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan 5779,4 ml...

Oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan 5779,4 mlrd. so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi

23.10.2013
UzReport 23.10.2013

     Davlat statistika qo'mitasi 2013 yil yanvar-sentyabr oylarida respublikada oziq-ovqat sanoatining rivojlanishi yakunlarini e'lon qildi.
     Oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan 2013 yilning yanvar-sentyabr oylarida 5779,4 mlrd. so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o'tgan yilning tegishli davridagi ishlab chiqarish hajmlarini 8,6%ga oshishiga erishildi. Oziq-ovqat sanoati tarmog'ining respublika sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 13,2%ni tashkil etdi.
     Hisobot davrida tarmoqdagi yirik sanoat korxonalari tomonidan iste'mol tovarlarining quyidagi turlari bo'yicha ishlab chiqarish ko'rsatkichlari o'tgan yilga nisbatan oshirildi, jumladan non va non mahsulotlari ishlab chiqarish – 12,8%ga, makaron mahsulotlari – 19,9%ga, o'simlik yog'i – 17,6%ga, sariyog' – 44,7%ga, sut va sut mahsulotlari – 23,2%ga, pishloq, brыnzani qo'shgan holda – 8,0 martaga, xo'jalik sovuni – 15,4 %ga, mineral suvlar ishlab chiqarish – 6,4%ga oshgan.
     O'tgan yilning shu davriga nisbatan, alkogol mahsulotlarining iste'mol spirti (2012 y. yanvar-sentyabrga nisbatan 107,7%), aroq va liker-aroq mahsulotlari (106,0%), konyak (108,7%), pivo (103,0%) kabi turlari bo'yicha ishlab chiqarish hajmi oshdi.
     Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida, oziq-ovqat sanoati mahsulotlarining eksporti 313,6 mln. AQSH dollarini yoki 2012 yilning tegishli davriga nisbatan 143,5%ni tashkil etdi.
 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU