Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O'zbekistonning shamol energiyasi salohiyati nemis...

O'zbekistonning shamol energiyasi salohiyati nemis korxonasi hamkorligida ishlab chiqilmoqda

13.05.2014

     "O'zbekenergo" DAK Germaniyaning “GEO-NET Umweltconsulting GmbH” kompaniyasi bilan 2014-2015 yillarda O'zbekistonning oltita viloyatida shamol elektrenergetikasi salohiyatini tadqiq qilish yuzasidan shartnoma imzoladi.
     Ma’lumki, ushbu kompaniya 1996 yildan beri iqtisodiy sektor, banklar va tashkilotlar, shuningdek jamiyat va federal muassasalar uchun ishlanmalar, tadqiqotlar va maslahat berish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
     O'tkazilishi kutilayotgan tadqiqotlar joriy yilning yoz oyida boshlanib, 2015 yil o'rtalarigacha davom etadi. Olingan natijalar olti oy davomida nemis kompaniyasi tomonidan o'rganilib, tahlil qilinadi. “GEO-NET” amalga oshirgan ishlar yakunlari bo'yicha yurtimizda shamol energiyasi qurilmalari parkini yaratish loyihasi tayyorlanadi. Qurilmalarning quvvati tadqiqot natijalariga ko'ra aniqlanadi.
     Nemis kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, “GEO-NET” qayta tiklanuvchi energiya, ekologik meteorologiya va ekologik loyihalashtirishga ixtisoslashgan. Yangi ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy texnologiyalarni qo'llash kompaniya rivojida muhim o'rin egallaydi.

UzReport 14.05.2014
 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU