Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O'zbekistonda Yagona internet-to'lovlar portali ya...

O'zbekistonda Yagona internet-to'lovlar portali yaratiladi.

16.03.2016

    O'zbekistonda Yagona internet-to'lovlar portali yaratiladi.

UzReport.uz

O'zbekiston Banklar assotsiatsiyasi qoshidagi Yagona umumrespublika protsessing markazi Yagona internet-to'lovlar portalini yaratadi, deya xabar qilindi «UZCARD» banklararo to'lov tizimining rasmiy saytida.

     Yagona internet-to'lovlar portalini yaratish  O'zbekiston Respublikasida 2016-2018 yillarda elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish, jumladan, elektron tijorat sohasidagi ishbilarmonlikka qulay sharoitlarni yaratish va uni yanada rivojlantirish, shuningdek, yaxlit savdo va marketing platformalari, internet-do'konlar, takomillashgan to'lov tizimlarini ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi.

    Yagona internet-to'lovlar portali elektron tijorat ishtirokchilari – sotuvchilar va xaridorlar o'rtasida bevosita munosabatni ta'minlash imkonini beradi. Bu esa to'lovlarni o'tkazish narxlarini sezilarli kamaytiradi, deya ma'lum qilindi Yagona umumrespublika protsessing markazi xabarida.

UzReport.uz

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU