Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O'zbekistonda ro'yxatga olingan yuridik shaxslar s...

O'zbekistonda ro'yxatga olingan yuridik shaxslar soni 266,1 mingtani tashkil etdi

06.03.2014

     O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi tomonidan  mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar tavsifi e'lon qilindi. Unga ko'ra,  shu yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, respublikamizda ro'yxatga olingan yuridik shaxslar soni 266,4 mingtaga yetdi.
     Eslatib o'tamiz,  ro'yxatga dehqon va fermer xo'jaliklari kiritilmagan.  Ularning 90,5 foizi  ayni paytda  o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Davlat ro'yxatiga kiritilgan  korxona va tashkilotlarning 28,8 foizi  savdo va umumiy ovqatlanish, 26,6 foizi sanoat, 8,6 foizi qurilish, 8,5 foizi qishloq va o'rmon xo'jaligi  sektoriga  taaluqli. Ularning 85,2 foizi  nodavlat mulk shaklida tashkil etilgan.  Shundan 35,9 foizi xususiy korxonalar, 1,8 foizi chet el investitsiyalari asosida, 47,5 foizi  esa  boshqa mulkchilik shaklida tashkil etilgan korxonalardir.
     Jumladan o'tgan yil davomida  27,8 mingta yangi korxona, shundan 26,3 mingta  xususiy biznes subyektlari  ro'yxatga olindi. Korxonalarning  asosiy qismi, ya'ni 24,6 foizi  Toshkent shahrida ochilgan.  Shuningdek, hududlar bo'yicha 10,8 foizlik ulush bilan Farg'ona, 8,8 foizlik hissa bilan Toshkent va 7 foizlik ulush bilan Samarqand viloyatlari yetakchilik qilmoqda.  Iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha  savdo va umumiy ovqatlanish, sanoat va qurilish sohalari dastlabki 3 ta pozitsiyada turibdi. Ularning ulushi mos ravishda 28,1, 26,4 va 21,3 foizni tashkil etdi.  Ro'yxatga olingan korxonalarning 5,6 mingtasi  o'z faoliyatini  ixtiyoriy tarzda  tugatgan.
     2013 yilning yanvar-dekabr oylarida  respublika yalpi ichki mahsulotida  davlat ulushi 17,2 foiz, nodavlat sektor ulushi 82,8 foizga teng bo'ldi.  Shuningdek, sanoat mahsulotlarining 7,2 foizi davlat, 92,8 foizi nodavlat korxononalar tomonidan ishlab chiqarilgan. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda esa  davlat korxonalari hissasi juda kam, ya'ni 0,1 foizdan iborat bo'ldi. Iqtisodiyotda band bo'lgan aholining  18,8 foizi davlat, qolgan qismi esa  nodavlat  sektorda faoliyat yuritgan.

UzReport 06.03.2014

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU