Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O'zbekiston va Qozog'iston Respublikasi Tashqi ish...

O'zbekiston va Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari hamkorlik dasturini imzoladilar

17.09.2012

UzReport 07.09.2012

      O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 6 sentabr kuni rasmiy tashrif bilan Qozog'iston poytaxti Ostona shahriga jo'nab ketdi.

     Tashrif doirasida Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erjan Kazihanov hamda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning uchrashuvi bo'lib o'tdi.

     Uchrashuv chog'ida O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi bugungi holat hamda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollri muhokama qilindi, shuningdek Markaziy Osiyo mintaqasidagi ayni holat yuzasidan fikr almashadilar, deya xabar berdi Qozog'iston TIV matbuot xizmati.

     Uchrashuv yakunlari bo'yicha 2012-2014 yillar uchun O'zbekiston Respublikasi va Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida Hamkorlik dasturi imzolandi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU