O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi
NBU kichik va o‘rta biznes uchun qulay moliyaviy muhit yaratishni davom etmoqda. Imtiyozli kreditlash dasturlariga kiritilgan o‘zgarishlar bank mijozlariga yanada qulay shartlarda moliyaviy yordam olish imkonini beradi.
Asosiy o‘zgarishlar:
1. Overdraft — maksimal miqdor ikki barobarga oshirilib, 1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ushbu mablag‘ ish haqi to‘lovlari, soliqlar yoki yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar kabi zudlik bilan moliyalashtirishni talab qiluvchi ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan. Foizlar faqat ishlatilgan summaga hisoblanadi.
2. “Tezkor” krediti (maqsadsiz naqd kredit) — maksimal miqdor 1,5 mlrd so‘mgacha oshirildi. Bu kredit mahsulot xaridi, reklama, binoni ta’mirlash kabi joriy ehtiyojlarni qoplash uchun mos. Kredit muddati — 18 oygacha.
Shuningdek, quyidagi maqsadli dasturlar bo‘yicha ham limitlar oshirildi:
• Avtokredit — yengil avtomobillar parkini yangilash uchun 3,5 mlrd so‘mgacha. Dastlabki to‘lov — 30% dan boshlab.
• "Taraqqiyot" krediti — biznesni rivojlantirish uchun asosiy vositalar xaridiga 3,5 mlrd so‘mgacha.
• "Yuksalish" krediti — aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 3,5 mlrd so‘mgacha.
Yangilangan shartlar asosida kompaniyalar tezroq kengayishi va rivojlanish hamda yangilanishga ishonch bilan investitsiya kiritishi mumkin.
Batafsil ma’lumot va onlayn ariza — "Kreditlar" bo'limida yoki bank filiallarida.