Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
OTB va O'zbekiston umumiy qiymati $ 508 millionga ...

OTB va O'zbekiston umumiy qiymati $ 508 millionga teng zayom bitimlarini imzoladi

20.02.2012

   Toshkentda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Xaruxiko Kuroda va O'zbekistondan OTB Boshqaruvchisi, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, moliya vaziri umumiy qiymati $508 millionga teng qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish, temir yo'llarini elektrlashtirish, elektr energiyasini va suv ta'minotini hisoblash hamda sanitariya sharoitlarini yaxshilash bo'yicha loyihalarga oid zayom bitimlarini imzoladilar.
   OTB hayotiy muhim tranzit yo'nalishning mintaqaviy aloqasini yaxshilash, transportlarning ushlanib qolishini pasaytirish va savdo – sotiqni rag'batlantirish imkonini beruvchi O'zbekistonda asosiy temir yo'l yo'lagini takomillashtirishga $100 million ajratadi. Osiyo taraqqiyot banki Maroqand shahri va Samarqand viloyatlari, Qarshi va Qashqadaryo qiloyatlari o'rtasidagi temir yo'lning 140 kilometrli uchastkasini elektr energiya bilan taminlashni amalga oshirish doirasida, o'tgan yilning sentyabr oyida temir yo'llarni elektr energiya bilan taminlash loyihasi uchun zayomni ma'qul topdi. Temir yo'l Markaziy Osiyo orqali Yevropani O'rta Sharq va Janubiy Osiyo bilan bog'lovchi, shimoldan janubga qadar cho'zilgan, Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) yo'lagining 6 – qismidir.
   Bundan tashqari, o'tgan yilning sentabr oyida OTB qishloq joylarida taraqqiyot jarayonini jadallashtirish va yashash tarzini yaxshilash uchun qishloq joylarda turar joy qurilishlarini rivojlantirish bo'yicha investitsion dastur doirasida $200 million qiymatdagi birinchi transhni ma'qullagan edi.

   Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 1995 yilda OTB ga a'zo bo'lgan. OTB bilan hamkorlik davrida umumiy qiymati $2,8 milliardlik zayomlar va $45,9 millionlik qiymatdagi texnik ko'mak loyihalari imzolandi. 2011 yilda OTB umumiy qiymati $978 millionlik zayomlarni, $200 millionlik kredit kafolati va qiymati $1 milliardlik multitransh moliyalashtirish loyihasi ma'qulladi.

UzReport 17.02.2012

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU